Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida oʻtgan toʻrt yilda
- “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion soʻm kredit ajratilib, 1 million yosh band boʻldi;
- “Yoshlar daftari”dan 107 ming oʻgʻil-qizlarimizga 338 milliard soʻm subsidiya berildi;
- 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion soʻmlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.