Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzusidagi davra suhbati
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti hamda Yangi Namangan tumani hokimligi bilan hamkorlikda «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni radikallashtirishga urinishlarning oldini olish borasidagi ustuvor vazifalar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yangi Namangan tumani hokimligi, “Vatanparvar” tashkiloti va institut mutasaddilari, t'yutorlar va fakul'tet talabalari ishtirok etdi.
Muloqot davomida mavzu yuzasidan tushuncha va tavsiyalar tinglandi. Talabalarning savollariga batafsil javoblar qaytarildi.