“Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi
NamMQI Sanoatni axborotlashtirish fakultetida “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi
Unda institut korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payziev, fakultet dekani o‘rinbosari Nozimjon Ortiqov, tyutorlar, guruh sardorlari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida institutning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalari” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati”da belgilangan majburiyatlarga qat'iy rioya qilish, yakuniy nazorat, kurs ishlari hamda shartnoma-to‘lov pullarini to‘lash jarayonlarida shaffoflikka amal qilish, korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish haqida batafsil tushunchalar berildi.