Yosh rahbarlarning yillik Top-40 reytingi yangilandi
“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda 2019 yildan buyon O‘zbekistonning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini e'lon qilib kelmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida reytingga 100 nafarga yaqin davlat xizmatchisi kiritildi. E'tiborlisi, ularning 15 foizi vazir va vazir o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarildi, kamida 10 foizi Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritmoqda, 50 foizga yaqini mansab pillapoyalarida sezilarli o‘sishga erishgan.
Bu yilgi reytingning farqli jihati shundaki, rahbarlar ro‘yxatiga nafaqat davlat xizmatchilari, balki nodavlat sektor vakillari ham kiritildi.
Batafsil: https://yumh.uz/uzc/news_detail/604