Yigʻilish yakunida Prezident yoshlarga koʻmaklashish, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish – eng xayrli ishligini taʼkidladi
- Har biringiz hayotda munosib oʻrningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni toʻliq ishga solamiz, - dedi davlat rahbari.
Mutasaddilarga “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da yoshlarning axloqiy, intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanishi uchun har bir loyiha va tashabbus soʻzsiz amalga oshirilishi muhimligi koʻrsatib oʻtildi.
Yigʻilish yakunida mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.