Yetakchi ijarada yashovchi talabalar holidan xabar oldi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliyev ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar holidan xabar oldi.
Tashrif davomida xonadonda yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi. Yoshlar darsdan boʻsh vaqtlarini qay tartibda oʻtkazayotgani xonadon egasi orqali nazoratga olindi.
Suhbat jarayonida yigit-qizlar va xonadon sohiblaridan takliflar eshitilib, masʼullarga yoʻnaltirilishi belgilandi.