“Yarimo‘tkazichlar fizikasi” ixtisosligidagi izlanuvchilar faoliyati monitoringi o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, institutda stajyor-tadqiqotchilar va doktorantlarning joriy yil 6 oyi davomida faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkazilmoqda.
Monitoring o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan belgilangan baholash mezonlari bo‘yicha har bir izlanuvchi bilan alohida suhbat o‘tkazilmoqda.
Xususan, kuni-kecha “Yarimo‘tkazichlar fizikasi” ixtisosligidagi izlanuvchilar faoliyati monitoringi o‘tkazildi. Muloqot davomida ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar holati haqida batafsil izohlar olindi.
Ma'lumot uchun, institutda mazkur ixtisoslikka 6 nafar tayanch doktorant qabul qilingan.
NamMQI media markazi