Yaponiya arxitektura va sanʼat akademiyasi institut bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi
Institutga Yaponiya arxitektura va sanʼat akademiyasi kuzatuv kengashi raisi Sasaki Kepchi boshchiligidagi delegatsiya keldi.
Delegatsiya aʼzolarini institut rektori Sharifjon Ergashev qabul qildi. Oʻzaro muloqot davomida ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
Arxitektura va sanʼat akademiyasi Yaponiyada meʼmorchilik va qurilish sohasidagi nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan boʻlib, ushbu akademiya bitiruvchilari mamlakat va xorijdagi yirik kompaniyalarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Muhokamalar jarayonida talabalarning 2+2 dasturi asosida taʼlim olishini yoʻlga qoʻyish, yapon tili markazini ochish, akademiya professorlarini institutga taklif etish, seysmologiya va binolar zilzilabardoshligi boʻyicha tadqiqotlar olib borish, institut laboratoriyalarini jihozlash masalalari koʻrib chiqildi va bu boradagi dastlabki kelishuvlarga erishildi.
NamMQI media markazi