“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festivalda NamMQI vakillari faol qatnashmoqda
Har yili mamlakatimizda 30 iyun "Yoshlar kuni" sifatida nishonlanadi. Ana shu sanani keng nishonlash maqsadida 3 iyun kunidan boshlab yoshlar oyligi boshlandi. Mazkur oylik doirasida qator loyihalar, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda gala konsertlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun Davlatobod tumani "Kamolot" yoshlar bog‘ida festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi, tuman hokimlari mutasaddi tashkilotlar hamda viloyatimizning barcha tumanlaridan yigit-qizlar qatnashishdi.
Festivalda NamMQI Ilmiy-tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi jamoasi, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va iqtidorli talaba-yoshlar institutda amalga oshirilgan va oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalari bilan ishtirok etdi.