• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”

Namangan muhandislik-qurilish institutida ushbu shior ostida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Buning uchun manzil sifatida Transport fakultetining ko‘rkam ko‘rinishga keltirilgan majlislar zali tanlandi. Ushbu zalga qulay o‘rindiqlar keltirilib, zamonaviy sovutgichlar va ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatildi.

Tadbirni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi. U jamoani eng ulug‘, eng aziz ayyom bilan tabriklab, bir guruh professor-o‘qituvchilarga faxriy yorliqlar va esdalik nishonlarini topshirdi.

Tadbirda “Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova, “Mehnat faxriysi” esdalik nishoni sohibi, professor Muhammadyusuf Oppoqov so‘zga chiqib, jamoaga o‘zlarining eng ezgu tilaklarini bildirishdi.

NamMQI media markazi

  • Share :