“Xorijiy tillarni o‘qitishda innovasion yondoshuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi
NamMQIda “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovasion yondoshuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Institut Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkillangan anjumanni NamMQI rektori Sharifjon Ergashev va Namangan chet tillar instituti rektori Po‘latxon Lutfullaev kirish so‘zlari bilan ochib berdi. Ular ishtirokchilarni qutlab, anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Konferensiyada Tojikiston xorijiy tillar universiteti professori Hasan Shomurodzoda, Ryazan' davlat universiteti professori Larisa Lazutkin, O‘sh texnologiya universiteti dosenti Kanimjan Turgunbaeva, Janubiy Qozog‘iston universiteti dosenti Gulnara Karbozova, Namangan chet tillar instituti o‘qituvchisi Rozvell Xanna Linn, NamMQI chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Palina Botirova va Janubiy Koreyadagi Xongik universiteti magistri Jaloliddin Mahmudovning mavzu bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.
Shundan so‘ng ma'ruzalar yuzasidan muhokama va munozaralar o‘tkazildi. Anjuman ishi sho‘'balarga bo‘lingan holatda davom etmoqda.
NamMQI media markazi