• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Xalqaro expert fikri

Asosiy Qonunni o‘zgartirish jarayonlarining e'tiborga molik jihatlari bisyor. Ayniqsa, yangilanayotgan Konstitusiyada “O‘zbekiston – ijtimoiy va huquqiy davlat” degan yangicha maqomni mustahkamlab qo‘yish bo‘yicha astoydil ish olib borilayotgani e'tirofga sazovor.

Konstitusiyaviy islohot avvalo inson huquqlarini kafolatlashga qaratilganini alohida ta'kidlamoqchiman. Bu muhim jarayon O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish sohasida dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilot – BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a'zoligi davrida kechayotgani joriy islohotlarning ahamiyatini yanada oshiradi.

  • Share :