“WikiOromgoh” loyihasi ikkinchi mavsumining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
Tadbirda qatnashchilarga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning minnatdorchilik tabrigi yo‘llandi.
Yoshlar ishlari agentligi direktorining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mehrinoz Abbosova loyiha ishtirokchilarini o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 207 000 ga yetgani bilan tabrikladi. Loyihaning ahamiyati haqida so‘zlab, kelgusi rejalar, maqsadlar yo‘lida ushbu qatnashchilarga suyanilishini ta'kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarining barchasi maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi!
Eng sifatli maqolalarni yaratgan ishtirokchilar zamonaviy noutbuk bilan mukofotlandi.
Quvonarlisi shundaki, ular ichida NamMQI talabasi Shohjahon Sobirov ham bor!