• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Viloyat hokimining oʻrinbosari talabalar turar-joyidagi taʼmirlash ishlari bilan tanishdi

Viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻulomjon Murodxoʻjayev institutning Islom Karimov koʻchasida joylashgan talabalar turar-joyida boʻlib, bu yerda amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlari va yangi oʻquv yiliga hozirlik bilan tanishdi.

Hokim oʻrinbosariga institut rektori, prorektor va dekanlar hamrohlik qildi.

Gʻulomjon Murodxoʻjayev yotoqxonadagi taʼmirlash ishlarini yanada jadallashtirish, qurilish materiallari sifatiga alohida eʼtibor berish, talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Ushbu binodagi taʼmirlash ishlariga talabalar qurilish otryadlari jalb etilgani yaxshi tashabbus sifatida qayd etildi.

  • Share :