• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Viloyat hokimining oʻrinbosari NamMQI talabalar turar-joyi qurilishi bilan tanishdi

Viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻulomjon Murodxoʻjayev Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov koʻchasidagi yangi talabalar turar-joyi qurilishi bilan tanishdi.

Tanishish jarayonida hokim oʻrinbosariga institut rektori, prorektorlar, qurilish mutasaddilari hamrohlik qildi.

Gʻulomjon Murodxoʻjayev ular bilan muloqotda boʻlib, qurilish jarayonini jadallashtirish, sifatiga eʼtibor qaratish, talabalarga qulaylik yaratish boʻyicha taklif va tavsiyalar berdi.

Maʼlumot uchun, davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan 1000 oʻrinli mazkur binoning hozirda 7-qavati barpo etilmoqda. Turar-joy jami 12 qavat boʻlishi rejalashtirilgan.  

NamMQI media markazi

  • Share :