Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov NamMQI olimlarining yangi loyihalari bilan tanishdi
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov NamMQI Transport fakultetida bo‘lib, institut olimlari va tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar bilan tanishdi.
Tanishuv jarayonida Shavkatjon Abdurazzaqovga viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jaev, Namangan shahri hokimi Anvarjon Otaxo‘jaev, Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullaev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov, institut rektori Sharifjon Ergashev va boshqa mutasaddilar hamrohlik qildi.
Viloyat rahbarida xususan quyosh va shamol qurilmalari yordamida energiya olish, Namangan shahrida jamoat transportining yangi tizimini joriy etish, maishiy chiqindilarni zararsizlantirish loyihalari katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur loyihalarni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etishni jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
NamMQI media markazi