Viloyat hokimi Namangan muhandislik-qurilish instituti koʻrgazmasi bilan tanishdi
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov “Afsonalar vodiysi” bogʻida tashkil etilgan Namangan muhandislik-qurilish instituti koʻrgazmasi bilan tanishdi.
Hokim oʻzi tahsil olgan institut jamoasi bilan samimiy muloqotda boʻldi, koʻrgazmaga qoʻyilgan jihoz va eksponatlar bilan birma-bir tanishdi.
Viloyat rahbari institut jamoasini Navroʻz bayrami bilan tabriklab, oʻzining eng ezgu tilaklarini bildirdi.