Viloyat hokimi Bionika laboratoriyasida bo‘ldi va NamMQI talabasiga noutbuk taqdim etdi
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov institutning Transport fakultetida joylashgan Bionika laboratoriyasida bo‘ldi.
Viloyat rahbari laboratoriyada mashg‘ulot o‘tayotgan o‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Bu yerda tayyorlangan ixtirolar va ishlanmalar bilan tanishdi.
Shavkat Abdurazzaqov davlat rahbarining Namanganga tashrifi davomida Bionika laboratoriyasini tashkil etish taklifini bildirgan Transport fakulteti talabasi Oyshaxon Qodirovaga noutbuk taqdim etdi.
Viloyat hokimi laboratoriya faoliyatini yanada rivojlantirish, targ‘ib etish, bionika va robototexnikaga qiziquvchilarni jalb etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
NamMQI media markazi