"Uzbekistan GTL" mutasaddilari bilan muzokaralar olib borildi
Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutining bir qator etakchi professor-o’qituvchilari Qashqadaryo vilioyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Q.Inayatov, “Elektr energetika” kafedrasi mudiri F.Sharipov, “Foydali qazilmalar va qayta ishlash texnologiyalari” kafedrasi mudiri B.Mamurov G‘uzor tumanida joylashgan "Uzbekistan GTL" MCHJ bilan tanishdi.
Kompaniya rahbarlari bilan talabalarning malakaviy amaliyoti va professor- o'qituvchilar stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarida muzokaralar olib borildi.