Umummilliy Konstitutsiya imtihonida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting va tanlovda ishtirok eting!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tiladi.
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqich test sinovlari hisoblanadi.
1-bosqich (test sinovlari) quyidagi muddatlarda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:
- umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o‘quvchilari uchun – 26 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
- huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun – 27 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
- boshqa barcha fuqarolar uchun – 28 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha.
Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.