Ulug‘bek Rashitov — ikki karra Olimpiada chempioni!
Taekvondo bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov Parijda ham g‘alaba qozondi.
U O‘zbekiston tarixida ikki karra Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi sportchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek hozirda 22 yoshda. Tokioda g‘olib bo‘lganida u O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiada chempioniga aylangandi (19 yosh).