• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Toshkentda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlararo tajriba almashinuv davrasi oʻz ishini boshladi

Unda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari vakillari, davlat organlari rahbarlari, masʼullari,  “ICBA”, “Fly Dubai”, Abu-Dabi taraqqiyot fondi kabi tashkilotlar rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Forumda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham ishtirok etib, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan muhokamalarda qatnashdi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha loyiha va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida 8 ta klaster, xususan Taʼlim va hududlarni rivojlantirish qoʻshma ishchi guruhi oʻz ishini boshladi.

Vazir Q. Sharipov  boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan muhandislik sohasida energetika, sun’iy intellekt, atrof-muhit muhofazasi, biotexnologiya, raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni hamkorlikda rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni  birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22896

  • Share :