Tojikistonlik professor talabalarga dars o‘tdi
Sotim Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston davlat xalqaro chet tillar universiteti professori, Rossiya ijtimoiy-pedagogika fanlar akademiyasining akademigi Hasan Shomurodzoda Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida talabalarga dars o‘tdi.
Ushbu darslarda kafedra professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
Kafedra mudiri S.Abdullaeva mehmonga NamMQI faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi.
Kelgusida har ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida uzoq muddatli rejalar tuzildi.