Tojikiston davlat xalqaro chet tillar universiteti professori talabalariga innovatsion texnologiyalar asosida dars o'tdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida Tojikiston davlatining S.Ulug'zoda nomidagi Tojikiston davlat xalqaro chet tillar universiteti professori, Rossiya ijtimoiy-pedagogika fanlar akademiyasining akademigi H.Shomurodzoda bir qator guruh talabalariga innovatsion texnologiyalar asosida dars o'tdi. Ushbu darslarda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.Kafedra mudiri S.Abdullayeva H.Shomurodzodaga NamMQI faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi. Kelgusida har ikki oliy o'quv yurti o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida uzoq muddatli rejalar tuzdilar.