• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Tayanch doktorantlar uchun Prezident davlat stipendiyasiga hujjatlar qabuli boshlandi

  Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlardan hujjatlar qabul qilinadi.

Tayanch doktorantlarga davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilangan:

Talablar:

  • davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining 2-bosqichni yakunlayotgan tayanch doktoranti bo‘lishi;
  • yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
  • O‘zbekiston tarixini bilish;
  • xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
  • barcha malakaviy imtihonlarni «a’lo» bahoga topshirish;
  • dissertasiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi.

Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qat’iy muvofiq holda tayinlanadi. (Misol uchun: 2022 yil stipendiatlari 1 yilga jami 106 077 456 so‘m yoki 10 500 AQSH dollar ekvivalenti miqdorida stipendiya oladi).

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  davlat stipendiyalari doktorantlar uchun har yili jami 10 ta kvota ajratiladi.

  • Share :