“Tashabbusli byudjet” g‘oliblari ro‘yxati rasman e'lon qilindi. Ular qatorida Namangan muhandislik-qurilish instituti loyihasi ham bor!
2024-yildagi 2-mavsumda jami 9 mln 81 mingta ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 2 trln 139 mlrd so‘mlik 1772 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Quvonchli tomoni, ular qatorida Namangan muhandislik-qurilish instituti loyihasi ham bor. Qurilish fakul'teti 7-o‘quv binosi inshootlari isitish tizimini mukammal ta'mirlash uchun 1,3 mlrd so‘m ajratiladigan bo‘ldi.
Jamoamizni ushbu xushxabar bilan tabriklaymiz!