Tarix kafedrasi professori Tursunboy Maʼmurov xonadoni yoʻqlandi
NamMQI rektori boshchiligidagi mutasaddilar Tarix kafedrasida uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan Tursunboy ota Maʼmurov xonadonini yoʻqladi.
Tursunboy Maʼmurov institutdagi faoliyatini 1994-yildan boshlagan. 100 dan ortiq ilmiy, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va 7 ta yirik monografiya muallifi, tarix fanlari doktori, professor. Institutning turli-tuman tadbirlarida faol ishtirok etgan.
Hozirda 92 yoshni qoralagan otaxon xonadonida farzandlari, kelinlari, nevara-evaralari ardogʻida. Institut mutasaddilari Tursunboy Maʼmurov suhbatidan bahramand boʻlib, samimiy tilaklari va Ramazon hadyalarini yetkazdi.
Ramazon yoʻqlovlari davom etmoqda.
NamMQI media markazi