Targ‘ibot poezdi ishtirokchilari institutda Konstitusiya qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirda qatnashdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida 8 dekabr — Konstitusiya qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan Targ‘ibot poezdi ishtirokchilari va talabalar qatnashdi.
Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorbek Fayzullaev va Toshkent davlat yuridik univesiteti dosenti Bahromjon Umarovlarning yangilangan Konstitusiyaning mazmun-mohiyati bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.
Toshkent yuridik universitetining bir guruh talabalari mavzu yuzasidan qiziqarli viktorina tashkil etdi.
Yakunda tadbirda faol ishtirok etgan institut talabalariga Konstitusiya kitobi taqdim etildi.
NamMQI media markazi