Ta'mirlash ishlari ko‘zda tutilgan bino auditoriyasidagi holat nazoratga olindi
Telegramdagi Namanganliklar.uz kanalida Namangan muhandislik-qurilish instituti 2-binosidagi auditoriyalardan birida oynalar sellofan bilan qoplanmagani va isitish tizimi qoniqarli ishlamayotgani haqidagi lavha e'lon qilingan.
Qayd etish joizki, ushbu bino 1987 yildan beri kapital ta'mirlanmagan bo‘lib, kelgusi yili davlat dasturi asosida mazkur jarayonlar boshlanish arafasida. Hozirda mazkur ishlarga tayyorgarlik bosqichi ketmoqda.
Shunga qaramay, institut xo‘jalik bo‘limi tomonidan ushbu kamchilik ko‘rsatib o‘tilgan xona oynalariga sellofan qoplash va isitish tizimini takomillashtirish choralari ko‘rildi. Mazkur vaziyat mutasaddilar tomonidan nazoratga olingan.