• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar turar-joyi hamisha nazoratda

Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor yordamchisi Mirabbos Mehmonaliev hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi xodimi Ahmadjon Muxtorjonov tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar holidan xabar olindi.

Tadbirkor Muxtorjon Mo‘ydinov va yotoqxona boshlig‘i Murodjon Turdiev bilan birgalikda talabalar uchun sharoitlarni yaratish maqsadida boshlangan yangi loyihalar ustida fikr almashildi.Talabalar bilan muloqotlar o‘tkazilib, mavjud muammo va kamchiliklar o‘z o‘rnida mutasaddilarga yetkazildi hamda bartaraf etish choralari ishlab chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida barpo etilgan 3-sonli talabalar turar joyi 300 o‘rinli bo‘lib, yangi o‘quv yilidan faoliyatini boshlagan edi.

  • Share :