• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar Toshkentdagi “Adiblar xiyoboni” bilan tanishdi

Institutning “Zakovat” turniri va “Zukko kitobxon” tanlovi gʻoliblari oʻzlariga ragʻbat sifatida taqdim etilgan ichki turizm yoʻllanmalari doirasida poytaxt Toshkentda boʻldi.

Talabalar dastlab institutning birinchi prorekotori Odiljon Jakbarov boshchiligida "Adiblar xiyoboni"da boʻldi. Bu yerda ular Said Ahmad va Saida Zunnunova, Erkin Vohidov va Abdulla Oripov kabi buyuk shoir-yozuvchilar siymosi aks etgan haykallarni koʻzdan kechirdi.

Shundan soʻng institut jamoasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan “Sahro bulbullari nomini olgan adiblar” deb nomlangan tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Qoraqalpoq zaminini madh etgan shoirlar nomi ehtirom bilan tilga olindi, kuy va qoʻshiqlar yangradi.

NamMQI media markazi

  • Share :