Talabalar tayyorlagan spektakl namoyish etildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakulteti tadbirlar zalida “Adashgan fuqarolar” nomli spektakl namoyish etildi.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan ushbu spektakl jaholatga qarshi ma'rifat g‘oyasini ilgari surgan bo‘lib, unda adashgan yoshlar taqdiri tilga olingan.
Spektakl tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan qarshi oldi. Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov uni sahnalashtirgan va ijro etgan talabalar jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
NamMQI media markazi