Talabalar nogironligi bo‘lgan bolalarni yo‘qladi
Namangan Muhandislik-qurilish instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining bir guruh talabalari Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Gulnoza Jamolova boshchiligida Namangan shahar psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan turdagi bolalar uyida bo‘lishdi.
3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkillangan tadbirda talabalar bolalarga sovg‘a-salomlar ulashib, ularga eng yaxshi tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, ushbu muassasada nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan batafsil tanishildi.