• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi mas'ullari bilan uchrashdi

Tadbirda viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurmuhammad Turg‘unov, institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, boshqarma mas'ul xodimi Marianna Zaripova ishtirok etib, talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy faollik va o‘zini o‘zi qadrlash qobiliyatini rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan o‘quv-mashg‘uloti olib borildi. 

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlab o‘tildi. 

Shuningdek, talaba-yoshlarning fikr va mulohazalari o‘rganildi, bildirilgan takliflar amalga oshirish uchun belgilab olindi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :