Shuhratjon Ma'qulov “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sifatida e'tirof etildi
NamMQI dosenti Shuhratjon Ma'qulov boshchiligidagi sportchilar 10-18 dekabr' kunlari Toshkentdagi “JAR” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.
Musobaqa yakunida yil taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tdi. Institut talabasi Farruxbek Ismoilov “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”, Shuhratjon Ma'qulov esa “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb e'tirof etildi.
Tabriklaymiz!