• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Shoir-yozuvchilar hayoti, ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Unda “Ilhom” mukofoti tanlovida ishtirok etib, oʻzingizni sinab koʻring!

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan OTMlarda tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Taqdirlash:

1-oʻrin – Avtomobil;
2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.

Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
2-bosqich – asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

1-bosqich test shaklda onlayn 13-aprel kuni soat 15:00-19:00 oraligʻida boʻlib oʻtadi.

Bir kishi faqat bir marotaba ishtirok eta oladi. Test savollari soni 50 ta.
Savollarga 60 daqiqa vaqt beriladi.

  • Share :