Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan
Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan:
- dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi;
- bio-texnologiya, sun'iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste'dodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi;
- kelgusi 7 yilda ilm-fan va innovasiyalarni rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar ajratiladi;
- hozirgi 6 ta vazirlikda tarqoq bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etiladi;
- 120 ming nafar onkologiya, 350 ming nafar diabet, 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olinadi;
- “Gepatit S” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yiladi;
- onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida, mamlakatda ilk bor o‘zak hujayralarini transplantasiya qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bu boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun to‘liq davlat hisobidan qoplanadi;
- Sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi va tibbiy sug‘urta tizimi joriy qilinadi.