• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Seysmik xavfni monitoring qilish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

Prezidentning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida  institut talabalar turar-joyida  davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.Dadamirzayev, Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi katta inspektori B.Otaboyev, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dotsentlari N.Hojiyev va B.Joʻrayev ishtirok etdi.

Talabalarga  “Zilzilani kelib chiqish sabablari”, “Zilzilalarni bino va inshootlarga taʼsiri”, “Aholini zilziladan keyin toʻgʻri harakatlanishga tayyorlash” mavzulari boʻyicha tushunchalar berildi. Ularning   mavzu boʻyicha savollariga javoblar berildi.

Davra suhbatida Zoom orqali Seysmologiya instituti vakili, ishchi guruh aʼzosi Ilhom Alimuhamedov hamda Mexanika va zilzilabardosh bino-inshootlar instituti xodimi Neʼmat Nishonov qatnashdi.

  • Share :