Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani talabalar bilan uchrashdi
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani etib tayinlangan pedagogika fanlar doktori, professor Ozoda Abdullayeva 4-bosqich talabalari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida dekan oʻzini tanishtirib, yoshlar bilan uzviy aloqada ekanligini bildirib oʻtdi.
Fakultet dekani sababsiz oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmayotgan va koʻp dars qoldirgan talabalarga eʼtibor qaratdi. Ichki tartib-qoidalarga rioya etish, odob-axloq meʼyorlari, kiyinish madaniyati, toʻlov-shartnoma holati boʻyicha suhbatlashdi.
Talabalar dekanga turli masalalar yuzasidan bevosita murojaat etdi. Ularning talab va takliflari mutasaddilar tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.