Samarqandda O‘zbekiston-Turkiya ikkinchi ta'lim forumi o‘z ishini boshladi. Anjumanda NamMQI rektori ham ishtirok etmoqda
Forumni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Oliy ta'lim kengashi raisi Odil Abduraxmonov, Turkiya Oliy ta'lim kengashi raisi Erol O‘zvar va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar ochib berdi.
Bugungi tadbirda Turkiya oliy ta'lim kengashi rahbariyati, 40 dan ortiq Turkiyaning nufuzli oliygohlari rektor va prorektorlari hamda 50 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham qatnashmoqda.