Vladivostok davlat universiteti chet el fuqarolarini tayyorlov kursi bo'limining o'qituvchisi tashrif buyurdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasiga Rossiyaning Vladivostok davlat universiteti chet el fuqarolarini tayyorlov kursi bo'limining o'qituvchisi Karyakina Svetlana Vladimirovna tashrif buyurdi.U institut O'quv ishlari bo'yicha prorektori Q.Inoyatov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Svetlana Vladimirovna Vladivostok davlat universiteti haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Shuningdek, u kafedra professor-o'qituvchilariga rus tilini chet tili sifatida o'qitishga doir "Rus tilini chet tili sifatida o'qitishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida mahorat darsi o'tdi. Ushbu darsda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar. Har ikki oliy o'quv yurtida amalga oshirilayotga ishlar yuzasidan fikr almashildi.Tashrif yakunida bunday hamkorlikni kelgusida tez-tez amalga oshirib borish kelishib olindi.