Rektor yakuniy davlat attestasiya imtihonlarida ishtirok etdi
Sanoatni axborotlashtirish fakultetining “Kimyoviy texnologiya”, “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikasiya tizimlari” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” ta'lim yo‘nalishlarida yakuniy davlat attestasiya imtihonlari o‘tkazildi.
Mazkur jarayonda institut rektori Sharifjon Ergashev ishtirok etdi va bitiruvchilarga imtihonlarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma'lumot uchun, ushbu yo‘nalishlarda bitiruvchilar soni jami 125 nafar talabadan iborat.
NamMQI media markazi