Rektor texnologik mashinalar va jihozlar ta'lim yo‘nalishi talabalariga dars o‘tdi
NamMQI rektori Sharifjon Ergashev “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasida Energetika va mehnat muhofazasi fakul'teti texnologik mashinalar va jihozlar ta'lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun dars o‘tdi.
“Mashinasozlik ishlab chiqarish sexlarini loyihalash” fanidan o‘tilgan dars mavzusi ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarga bag‘ishlandi.
Ma'ruza mavzuni ochib beruvchi slaydlar va amaliyotda ko‘p kuzatiladigan misollar bilan boyitildi. Talabalar rektorga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
NamMQI media markazi