Rektor sayyor qabulda murojaatlarni tingladi
Davlatobod tumanidagi madaniyat markazida oliy ta'lim masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining mas'ul xodimi Fozil Farhodov, vazirlikning viloyatdagi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sattorov, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzaev hamda viloyatdagi davlat oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev tadbir davomida ko‘plab murojaatlarni qabul qildi. Ishga joylashish, talabalar turar-joyidan o‘rin ajratish, moddiy yordam berish, maishiy xizmat shoxobchasini tashkil etish kabi masalalar shular jumlasidan.
Murojaatlar institut mutsaddilari ishtirokida o‘rganib chiqildi va aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi. Muddat talab etadiganlari yuzasidan esa zarur tushunchalar berildi.
NamMQI media markazi