Rektor oʻzi tahsil olgan maktabning 100-yillik tadbirida ishtirok etdi
Oʻzim tahsil olgan Pop tumani, Toʻda mahallasidagi 11-umumtaʼlim maktabining 100-yillik tadbirida ishtirok etdim.
Mazkur maktab 1924-yilda tashkil topgan boʻlib, bugungi kungacha uni minglab oʻquvchilar bitirib chiqdi. Taʼlim dargohi 2016-yilda ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiga aylantirildi, hozirda bu yerda 550 nafardan ortiq oʻquvchi bilim olmoqda.
Tadbirga faxriy ustozlar, sobiq bitiruvchilar va koʻplab mehmonlar keldi. Ular uchun maktab oʻquvchilari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomosha tashkil etildi.
Tadbirda soʻzga chiqib, maktab jamoasini yubiley sanasi bilan tabriklab, ustozlarga minnatdorlik bildirdik va esdalik sovgʻalarini topshirdik.
Maktab direktori Lobarxon Abdulazizova bilan birgalikda bu yerda tashkil etilgan oʻquv markazining ochilish marosimida ham ishtirok etdik.