Rektor Oʻsh davlat universitetida oʻtkazilgan xalqaro forumda soʻzga chiqdi
NamMQI rektori boshchiligidagi institut delegatsiyasi Oʻsh davlat universitetining 85-yilligi doirasida oʻtkazilgan “Biznes, taʼlim, fan va davlat idoralarining oʻzaro hamkorligi: mintaqalarning rivojlanish yoʻllari va imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.
Rektor ushbu nufuzli forumda soʻzga chiqdi va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon qildi.
Institut delegatsiyasi anjuman davomida Xitoy, Rosssiya, Turkiya, Qozogʻiston kabi xorij davlatlaridan kelgan hamkasblar bilan muloqotda boʻldi va oʻzaro tajriba almashdi.