Rektor Mustaqillik darslarida ishtirok etdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida yangi o‘quv yili Mustaqillik darslari bilan boshlandi. Ularda institut mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar, viloyatning taniqli shaxslari ishtirok etib, istiqlol bilan bog‘liq mavzularda muloqot qilmoqda.
Institut rektori Sharifjon Ergashev Sanoatni axborotlashtirish va Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetlarida bo‘lib o‘tgan Mustaqillik darslarida ishtirok etdi. Ularda bu yil 32 yilligi nishonlanayotgan sananing ahamiyati, bunga hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlar, mamlakatda mustaqillik tufayli erishilgan ulkan yutuqlar haqida so‘z bormoqda.
—Biz o‘zimizni baxtli avlod sifatida bilamiz, chunki erkin va ozod mamlakatda istiqomat qilyapmiz. Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat, Ibrat kabi sizlar tarix va adabiyot darsliklari orqali juda yaxshi biladigan ulug‘larimiz bu kunlarni orzu qilib o‘tishdi, ularning aksariyati hurriyat uchun jonlarini ham fido qilishdi, — deya ta'kidladi rektor.
Institutda Mustaqillik darslari davom etmoqda.
NamMQI media markazi