Rektor institut yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlarining ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda institut rektori Sharifjon Ergashev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odiljon Jakbarov, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliev va Yoshlar kengashi a'zolari ishtirok etdi.
Suhbat jarayonida yoshlar uchun mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlarga nazar tashlandi. «Sizlar bugungi kunda Prezidentimizga suyanch bo‘la oladigan yoshlarsiz. Har qanday ezgu harakat yo‘lida sizlarga ko‘maklashish bizni burchimiz», dedi rektor.
Talaba-yoshlar Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qo‘shma qarorining ijrosi institutda munosib ta'minlanayotgani uchun rektorga minnatdorlik bildirdi. Yo‘nalish va fakul'tet koordinatorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
NamMQI media markazi