Rektor Belarus milliy texnika universitetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi
Belarus milliy texnika universitetida mamlakatdagi O‘zbekiston elchixonasi vakillarining mazkur oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida qo‘shma ta'lim dasturlari doirasida tahsil olishning afzalliklari, O‘zbekistondagi korxonalarda muhandis kadrlarga talab tobora ortib borayotgani haqida so‘z bordi.
Shuningdek, elchixona xodimlari o‘zi istiqomat qilib turgan mamlakat qonun-qoidalariga rioya etish, mahalliy urf-odat va an'analarga hurmat bilan yondoshish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
O‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham ishtirok etdi. Ma'lumot uchun, Belarus milliy texnika universitetida qo‘shma ta'lim dasturi doirasida 15 nafar NamMQI talabasi tahsil olmoqda.