Referendumga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri boʻlib oʻtdi
Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda NamMQI faol yoshlari ishtirokida Referendumga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Milliy Gvardiya Namangan viloyat boshqarma boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik Abdujamil Abdualiyev boshlab, yig'ilganlarga, qolaversa, NamMQI vakillariga alohida tashakkur izhor etdi.
Targʻibot tadbirini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlament a'zosi, Namangan muhandislik-qurilish instituti yoshlar yetakchisi Diyorbek Soataliyev olib bordi.
Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi Bunyod No'monjonov aytgan fikrlar, iqtidorli talabalardan Jaloliddin Nasirdinov va Shohruhning ijro etgan kuy-qo'shiqlari tadbirga o'zgacha kayfiyat olib kirdi.
Milliy Gvardiya katta ofitseri, leytenant Mirzohid Ziyoyev va O'zLiDeP Namangan shahar devoni rahbari, deputat Sohiba G'apparovaning chiqishlari tadbirga yakun yasadi.